AQSh adliya vazirligi mamlakatning eng yirik shtatlaridan birida — Chikago shahrida (Illinoys shtati) politsiya ko‘p yillardan buyon inson huquqlarini tizimli ravishda buzib kelganini, departament rahbariyati esa bunga beparvolik bilan qaraganini tan oldi. Mamlakat bosh prokuraturasi vazifasini bajaruvchi organning hisobotida bu xulosalar aks etgan, deb xabar beradi “TASS”.
Hisobotda ta’kidlashicha, politsiyachilar tizimli ravishda mahbuslarga qarshi kuch ishlatib keladi, ayrim hollarda bu o‘lim holatlariga olib kelishi mumkin. Bunday tartibbuzarliklar esa konstitutsiyaning to‘rtinchi o‘zgartishiga zid keladi.
Adliya vazirligining tan olishicha, Chikagoda qayd qilingan kamchiliklar ishni tashkil qilishdagi nuqsonlar hamda politsiya xodimlarini tanlash, o‘qitish va ishga olish jarayonlariga jiddiy e’tibor berilmayotgani bilan bog‘liqdir.
AQSh politsiyasi ko‘p yillardan buyon mahbuslarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish hamda qiynoqlar qo‘llashda ayblab kelinadi. Ayniqsa ular afroamerikalik fuqarolarga nisbatan qurol qo‘llashi bilan bog‘liq voqealar tez-tez matbuotda ko‘tariladi va shovshuvga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)