Germaniya kansleri Angela Merkel Brexit bo‘yicha qo‘mitaning 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga rahbarlik qiladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Qo‘mita Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish bilan shug‘ullanadi”, — dedi hukumat matbuot kotibi Shteffen Zaybert.
Uning so‘zlariga qaraganda, Merkeldan tashqari, yig‘ilishda moliya vaziri Volfgang Shoyble, iqtisodiyot vaziri Zigmar Gabriel, tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayer hamda Merkel shtabi boshlig‘i Piter Altmayer ishtirok etadi.
Izoh (0)