O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonga Afg‘onistonning Qandahor shahrida BAA gumanitar missiyasi vakillarining nobud bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik hamda dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.
Izoh (0)