Polsha tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy Polsat telekanaliga bergan intervyusida Polsha TIV ilk bor San-Eskobar va Beliz davlatlari bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniga ega ekanligini ma’lum qildi. Biroq “San-Eskobar” deb nomlanadigan davlatning o‘zi mavjud emas, deb yozadi Meduza.
Keyinroq vazirlik vakili Yoanna Vayda Vashchikovskiyning bayonotiga aniqlik kiritdi: “San-Eskobar — bu xato. Vazir Vashchikovskiy Sent-Kits va Nevis tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralarni nazarda tutgan”.
Biroq Twitter foydalanuvchilari “San-Eskobar demokratik respublikasi” akkauntini yaratishga va Silend virtual davlati bilan diplomatik aloqalarni boshlashga ulgurdi.
San-Eskobar davlat kengashi 15-yanvardan Polsha uchun vizasiz rejim va Silend Qirolligi fuqarolari uchun vizalarni joriy etadi.Mavjud bo‘lmagan davlatning valyutasi ham o‘ylab chiqildi.@rpdsanescobar, Twitter foydalanuvchisi
Shuningdek, foydalanuvchilar mavjud bo‘lmagan respublikaning paydo bo‘lishiga narkobaron Pablo Eskobar aloqador ekanligi haqida hazillashdi.
Vashchikovskiyning xatosi haqida Polsha sobiq bosh vazir o‘rinbosari Tomash Semonyak ham fikr bildirdi.
Vazir Vashchikovskiy mavjud bo‘lmagan davlatlarning vakillari bilan uchrasha turib, Polshaga odatdagidan kamroq zarar yetkazadi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Tomash Semonyak, Polsha sobiq bosh vazir o‘rinbosari
Izoh (0)