Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Checheniston huquq-tartibot idoralari bir necha yil ichidagi eng yirik maxsus operatsiya davomida IShID bilan bog‘liq jangarilar tarmog‘ini yo‘q qildi. Bu haqda Shimoliy Kavkaz federal okrugi kuch tizimlaridagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Foto: “RenTV”

Foto: “RenTV”

Manbaga ko‘ra, maxsus operatsiya Kurchaloy va Shali tumanlarida o‘tkazildi hamda bir necha o‘nlab jangari, shuningdek, ularning sheriklari qo‘lga olindi.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 4 nafar jangari o‘ldirilgani va biri qo‘lga olinganini bildirdi. Operatsiya chog‘ida kuch tizimlari hodimi halok bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi