2016-yili Rossiyaning eng chiroyli qishlog‘i deb topilgan Kinerma (Kareliya respublikasi) aholisi ko‘p miqdorda turist qabul qila olmasligidan nolimoqda. Bu haqda Kareliya madaniyat vaziri Aleksey Lesonen jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Kinerma. Foto: “Severnoye siyaniye”

Kinerma. Foto: “Severnoye siyaniye”

“2016-yilda Rossiyaning eng chiroyli qishlog‘i deb topilgan Kinerma xalqi ba’zan yo‘l belgisini yashirishni so‘ramoqda, negaki qishloqqa kelayotgan turistlarning ko‘pligi uning rekreatsion imkoniyatlaridan ko‘proqdir. Bu yaxshi ma’nodagi muammo bo‘ldi. Lekin turistlarning ortib borayotgan oqimini eplashimiz kerak”, — dedi u.

2016-yilda Kareliyada turistlar uchun 506 yo‘l belgisi o‘rnatilgan edi. Kinerma oldida ham uning turistik obyekt ekanligini ko‘rsatuvchi belgi o‘rnatilgan.

Kinermadagi 17 ta inshootning yettitasi me’morchilik yodgorligi deb tan olingan.