Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoyning o‘nga yaqin harbiy samolyotlari 9-yanvar kuni Chejudo orolidan janubroq va Iodo orolidan g‘arbroqdan Koreya Respublikasi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining identifikatsiya hududi orqali uchib o‘tdi. Bu haqda KBS telekanali mamlakat milliy mudofaa vazirligidagi manbasiga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Army-news.ru”

Foto: “Army-news.ru”

“Har qanday havo kemalari ushbu hududni kesib o‘tishdan oldin Janubiy Koreya tomonidan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak. Ammo Xitoy samolyotlari hech qanday so‘rov jo‘natmadi”, — deyiladi reportajda.

Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, Koreya Respublikasi havo hududiga bostirib kirilishi 9-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 11:00 gacha bir necha marta qayd etilgan. Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari o‘nta F-15K va KF-16 qiruvchilarini havoga ko‘tardi, ular havo hujumiga qarshi mudofaaning identifikatsiya hududidan qoidabuzarlarni siqib chiqardi. Koreya harbiylari Xitoy tomonini havo chegarasi buzilishi holati haqida xabardor qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi