Kobulning janubi-g‘arbiy chetidagi Dorulomon tumanida qo‘sh terakt uyushtirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Birinchi terakt xavfsizlik boshqarmasining sobiq binosi yaqinida, ikkinchisi esa Afg‘oniston parlamenti telestudiyasi oldida amalga oshirildi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, birinchi teraktdan so‘ng voqea joyida kuch tuzilmalari vakillari to‘planayotganida ikkinchi portlash sodir bo‘ldi.
Dorulomon tumanida Afg‘oniston IIV, TIV, parlament, shuningdek, Rossiya elchixonasi joylashgan.
Izoh (0)