Xitoy qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan “Kuaychjou-1A” tashuvchi raketasi yordamida uchta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xitoy markaziy televideniyesida mazkur voqea XXR tijoriy fazogirligida yangi davrni boshlab bergani ta’kidlandi.
Raketa Gansu provinsiyasidagi Szyutsyuan kosmodromidan uchirildi. Uchirishni Xitoy aerokosmik fan va sanoat korporatsiyasiga (CASIS) bo‘ysunuvchi kompaniya amalga oshirdi.
Izoh (0)