O‘zbekiston hududida kibetfubolga javobgarlik vazifasini o‘z bo‘yniga olgan va rasman ro‘yxatda o‘tgan O‘zbekiston kiberfutbol o‘yinlari assotsiatsiyasi (UCFGA) o‘z ofisini ochdi. Tashkilot prezidenti Azizbek Pattoxovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bir vaqtning o‘zida arena vazifasini o‘taydigan ofis “Chilonzor” metrosi yonida joylashgan.
Arena 20 dan ziyod PlayStation 4 konsoliga, o‘yinlarni umumlashtirib beruvchi katta ekranga ega. Mazkur arena 2017-yil xalqaro musobaqalarga ham mezbonlik qilishi mumkin.
FIFA—17 muxlislari 7—10-yanvar kunlari arenaga o‘zini sinab ko‘rish uchun tashrif buyurgan va assotsiatsiya prezidenti Azizbek Pattoxovning tug‘ilgan kuni sabab o‘tkazilgan Birthday Cup in UZ Arena turnirida ishtirok etgan. Uning g‘oliblari PS4 konsoli joystiklari bilan taqdirlangan.
Ma’lumot uchun, kiberfutbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bunga qadar start olgan bo‘lib, assotsiatsiyaning ochilish marosimi vaqtida uning 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)