AQSh prezidenti Barak Obamaning qizlari Maliya va Sasha Oq Uyda yashagan paytda ularni qo‘riqlagan Maxfiy xizmat e’tiboridan aziyat chekkan. Bu haqda amaldagi davlat rahbari ABC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ammo, Obamaning ta’kidlashicha, ular bu sinovga munosib bardosh bera oldi, bunda ayniqsa onalari Mishelning yordami mislsiz bo‘ldi.
Obamaning so‘zlariga qaraganda, qizlar voyaga yetganidan so‘ng Maxfiy xizmatdan noliy boshladi.
“Maxfiy xizmat ularga moslashishga urindi. U qizlarni cheklamadi. Lekin bir tasavvur qiling: siz o‘smirsiz, sizni doimiy ravishda mikrofonlarga va qurolga ega odam kuzatib boradi. Bu odamning g‘ashiga tegadi”, — tan oldi prezident.
Izoh (0)