Emirates aviakompaniyasi O‘mmon poytaxti Maskatdan Dubayga uchishi lozim bo‘lgan reysni qoldirdi. Samolyot bortidan ilon topilishi bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Voqea 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Samolyot yo‘lovchilarni qabul qilishga tayyor bo‘lgan bir paytda yuk bo‘linmasidan ilon chiqdi. U ilonning zaharli turlaridan biriga mansubligi aytilmoqda.
Havo kemasi bortini tekshirish va tozalashga farroshlar va texnik mutaxassislar yo‘llandi.
Izoh (0)