BMT Estoniya, Litva va Latviyaning rasmiy maqomini o‘zgartirdi. Endilikda ular Yevropaning sharqiga emas, shimoliga mansubdir, deb xabar beradi TJournal.
Boltiqbo‘yi mamlakatlarining maqomi o‘zgartirilishini BMT statistika bo‘limi tasdiqladi.
2017-yil 7-yanvarda Yevropa parlamenti mazkur masalada uzil-kesil qaror qabul qildi. Shuningdek, latviyalik siyosatchi, Yevroparlament deputati Artis Pabrik bu haqda Twitter orqali ma’lum qildi.
UN officially changes Status of Baltic states from Eastern Europe to Northern Europe. This is where we belong. https://t.co/7cPfLgWOML
— Artis Pabriks (@Pabriks) January 7, 2017
Estoniya, Litva va Latviyadan tashqari, Shimoliy Yevropa mamlakatlari sirasiga Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Irlandiya, Islandiya, Norvegiya, Daniya va bir qancha orol kiradi. Sharqiy Yevropa esa Belarus, Bolgariya, Chexiya, Vengriya, Polsha, Moldova, Ruminiya, Rossiya, Slovakiya va Ukrainadan iborat.
Izoh (0)