Daryo

Qamchiq dovonida jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor Nexia-2 ushlandi

Umumiy hisobda 28 marta yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchi qidiruvda bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish23 939 ko‘rishlar0 izoh0

Qamchiq dovonidagi yo‘l-patrul xizmati otryadi xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan avtomobil ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXX axborot xizmati

Qayd qilinishicha, Nexia-2 rusumli, 40701BBA davlat raqam belgili avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha muddati o‘tib ketgan 100 million so‘mlik qarzi borligi, umumiy hisobda 28 marta yo‘l harakati qoidasini buzgani va qidiruvga berilgani aniqlangan.

Avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Avvalroq Andijonda 27 ta mashinasi bor shaxsdan 81 ta qoidabuzarlik bo‘yicha jarima undirilgani, O‘zbekistonda mast holda mashina haydaganlarning transporti musodara etilishi haqidagi xabarlar rad etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkentda 174 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamagan haydovchining Lacetti’si xatlangan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar