Kipr orolida uzoq yillardan buyon davom etayotgan ixtilofning hal etilishi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi telefon muloqotining asosiy mavzusi bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ikki davlat yetakchilari Kipr masalasida o‘tadigan muzokaralar muvaffaqiyat keltirishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, bu nafaqat Kipr, balki butun mintaqada xavfsizlikni kafolatlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.
Kiprdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralar keyingi hafta Shveysariyada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)