Germaniyaning Bremerxafen portiga yo‘l olgan yuk kemasi kuchli po‘rtana vaqtida plastik tuxumlar solingan konteynerini yo‘qotib qo‘ydi. Keyinroq u Langeoog oroli sohillariga chiqib qoldi, deb yozadi TJournal.
Har bir tuxumchaning ichidan kichkina o‘yinchoq va rus tilidagi yo‘riqnoma chiqdi. “Kinder syurpriz”lardan tashqari sohildan Lego o‘yinchoqlarini ham topish mumkin.
Daniya tashuvchi kemasi bortidan Maersk firmasining beshta konteyneri dengizga tushib ketgan. Biroq havo bilan to‘ldirilgan tuxum va plastik konstruktorlar suv yuzasiga chiqib qolgan.
Mahalliy sayyohlik byurosi vakillarining ma’lum qilishicha, o‘yinchoqlar chiqib qolgan 500 metrlik plyajni darhol plastmassadan tozalash zarur. Chunki keyingi po‘rtana ularni yana dengizga olib ketishi mumkin. Orol rasmiylari kutilmagan xazinalarni yig‘ish ishlariga mahalliy bolalar bog‘chasini jalb qilishga qaror qildi.
Izoh (0)