Ba’zan yetti muchchasi sog‘ odamlar ham o‘zini nogiron ko‘rsatib, tilanchilik bilan shug‘ullanadi. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida shunday “cho‘loqlar”dan biri aks etgan eski videolardan biri e’lon qilingan.
Video Toshkentning Xadra maydonida olingan. Unda qo‘ltiqtayoq ko‘targan yigit yo‘ldan yugurib o‘tayotgani, yo‘ldan o‘tib bo‘lishi bilan yana tayoqlariga tayanib, “cho‘loqlanish”da davom etayotganini ko‘rish mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)