Toshkentda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tabdirda jamg‘arma ta’sischilari, kengash a’zolari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori bo‘lib ishlab kelayotgan Shuhrat Jalilov O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi.
“Nuroniy” jamg‘armasining Buxoro viloyati bo‘limi kengashi raisi S. Husenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi kengashi raisi Sh. Usnatdinov, Namangan viloyati bo‘limi kengashi raisi I. Najmiddinov, Toshkent viloyati bo‘limi kengashi raisi S. Asatov, Toshkent shahar bo‘limi kengashi raisi M. Zufarov va boshqalar yoshi ulug‘ insonlarga alohida hurmat-e’tibor ko‘rsatayotgani uchun Prezidentga minnatdorlik bildirdi, jamg‘arma oldidagi muhim vazifalar xususida so‘z yuritdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)