AQSh Davlat Departamenti 5-yanvar kuni Hamza bin Ladenni — “al-Qoida” radikal guruhining 2011-yil mayida Pokistonda yo‘q qilingan marhum yetakchisi Usoma bin Ladenning o‘g‘lini xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. Bu unga qarshi sanksiyalar joriy etilishini ko‘zda tutadi, deb xabar beradi “TASS”.
AQSh ma’muriyati xabariga ko‘ra, 2015-yil 14-avgustida Hamza rasman “al-Qoida”ning a’zosiga aylangan. Keyinchalik guruh kichik bin Ladenning audiomurojaatini tarqatgan. Unda guruhning yangi a’zosi terrorchilarni G‘arb mamlakatlari poytaxtlarida teraktlar uyushtirishgan chaqirgan.
2016-yil iyulida u bevosita AQShga tahdid qilgan va amerikaliklar vatanlarida ham, boshqa davlatlarda ham terrorchilarning nishoniga aylanishini aytgan.
Sanksiyalar doirasida Hamza bin Ladenning AQSh yurisdiksiyasidagi hududlarda qolgan aktivlari va mulkiga band solinadi, mamlakat fuqarolariga esa u bilan har qanday aloqaga kirishish taqiqlanadi.
Izoh (0)