Rio—2016 Olimpiadasining boks turnirida oltin medalni qo‘lga kiritib, yakunda O‘zbekiston boks terma jamoasining 1-o‘rinni qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shgan charm qo‘lqop ustasi Fazliddin G‘oibnazarov Instagram sahifasiga quvnoq video joyladi.
Videoda G‘oibnazarov boks terma jamoasi a’zolarining kayfiyatini ko‘tarayotgani aks etgan. Hammaga ko‘tarinkilik ulashish uchun bokschi raqsga ham tushib berdi. Keyinroq esa katta ehtimol bilan braziliyalik bo‘lgan avtobus haydovchisiga qarab, rus tilida ulovni to‘xtatishni so‘radi. Keyinroq esa buni o‘zbek shevasida qaytardi.
Bokschilar orasida eng quvnoq ekani bilan ajralib turgan Fazliddin G‘oibnazarov avvalroq barcha mukofot pullarini ustoziga olib kelib berishi haqida aytib o‘tgandi.
Izoh (0)