Ukraina tashqi ishlar vazirligi Fransiyaning “Xalq jabhasi” partiyasi yetakchisi Marin Le Penning Qrim haqidagi bayonotlariga e’tiroz bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Marin Le Pen BFMTV efirida Qrimning Rossiyaga “qo‘shib olinishi”ni noqonuniy deb hisoblamasligini, aksincha, bu yarim orolning Rossiyaga qaytishi bo‘lganligini e’tirof etgan edi.
Uning bu so‘zlari Ukraina tomonining noroziligiga sabab bo‘ldi. TIV siyosatchining bayonotini “Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga nisbatan behurmatlik” deb atadi.
Bundan tashqari, Ukraina xavfsizlik xizmati TIVga xat yo‘llab, Marin Le Penga Ukraina hududiga kirish taqiqlanganidan boxabar qildi. Shu munosabat bilan TIV o‘z notasida siyosatchining bayonotlariga Ukraina qonunchiligiga ko‘ra oqibatlarga olib kelishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)