Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo Yangi yil tabrigida Braziliya termasi ustidan kulgan “Real” klubi hamda Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroosga javob qaytardi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Kroos Yangi yil tabrigida JCh–2014 yarim finalida Braziliya va Germaniya o‘rtasidagi 1:7 hisobini yodga oldi va 1 hamda 7 sonlari o‘rniga har ikki mamlakat bayroqlari aks etgan suratni Instagram’dagi sahifasiga joyladi.
Bunga javoban Ronaldo Facebook’dagi sahifasiga Braziliya va Germaniya termalari o‘rtasidagi JCh–2002 finalida qayd etilgan 2:0 hisobi eslangan suratni yukladi. Unda 2 va 0 sonlari o‘rniga har ikki mamlakatning bayrog‘i aks etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.