O‘zbekistonlik futbolchi Farhod Tojiyev “T-Tim” va “ATM” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 2 ta gol urib, “T-Tim”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi, deb ma’lumot berdi “Championat.asia”.
Mazkur bellashuvdan keyin Malayziya klubi rahbariyati Farhod Tojiyevga shartnoma taklif qilgani aytilgan. Uning qanchaga mo‘ljallangani va futbolchining bunga javobi qanday bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.
“T-Tim” safida o‘zbekistonlik yana bir futbolchi Dilshod Sharofutdinov harakat qiladi. Jamoa, shuningdek, Shavkat Salomovni ham sinovdan o‘tkazmoqda. Farhod Tojiyevning o‘zi ham 2 mavsum oldin shu klub sharafini himoya qilgandi.
Ma’lumot uchun, Farhod Tojiyev 2016-yilgi mavsumning 1-davrasini “Olmaliq” safida o‘tkazib, keyin uni tark etgan va erkin agentga aylangandi.
Izoh (0)