Turkiya matbuotida surati tarqatilib, Istanbuldagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan Qirg‘iziston fuqarosining aybi tasdiqlanmadi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ilgariroq qirg‘izistonlik Yahyo Mashrapov teraktga aloqador shaxs sifatida ko‘rilgan edi. Ammo u Qirg‘izistonga kelgach, mamlakat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi va uning teraktga aloqador emasligi aniqlandi.
“Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakillari turkiyalik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, — dedi tashkilot rasmiy vakili Rohat Sulaymonov.
Izoh (0)