Moldova prezidenti Igor Dodon maxsus dekret bilan Ruminiyaning sobiq prezidenti, Moldova va Ruminiyaning birlashishi tarafdori bo‘lgan Trayan Beseskuni Moldova fuqaroligidan mahrum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bu qaror haqida Dodon Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Uning fikricha, Beseskuga Moldova fuqaroligi noqonuniy taqdim etilgan. Bundan tashqari, Dodon Beseskuni Moldova davlatchiligini va moldovan xalqini tan olishdan bosh tortishda aybladi.
Izoh (0)