Motor nashri Santa Klausning turli joylarda — qorli tog‘ yo‘lidan tortib, Oy sathida harakatlanishigacha imkon beradigan konseptlarning suratlarini bir sahifaga jamladi.
Tog‘lar: Porsche 959
Tog‘li hududlarda harakatlanish uchun Santa zanjir tasmali Porsche’dan foydalanishi mumkin bo‘lardi. Ralli uchun yaratilgan Porsche’ning 959 modeli Santa mashinasi uchun asos vazifasini o‘tadi.Cho‘l hududi: Lamborghini Huracan
Cho‘llarda harakatlinish uchun Santaga Lamborghini Huracan taklif qilinishi mumkin. Avtomobil yo‘ltanlamas g‘ildiraklar va xavfsizlik karkasi bilan jihozlangan bo‘ladi.Shahar: Nissan GT-R (R34)
Shaharda harakatlanish uchun Santa Klaus Nissan Skyline GT-R (R34) avtomobilidan foydalanishi mumkin bo‘lardi. Yuqoridagi variantlar singari ushbu mashinada ham sovg‘alarni tomda tashishga to‘g‘ri keladi.Okean: Ford GT40
Suvda harakatlanish uchun Yangi yil qahramoniga Ford GT40 asos qilib olingan kema ko‘zda tutilgan.Daryo: Ferrari F40
Santa uchun yana bir suv transporti – eski dizayndagi Ferrari F40. Sovg‘alarni joylashtirishda yana muammoga duch kelindi.Afrika tekisliklari: Jeep Wrangler
Afrika tekisliklari uchun Santa Klausga tirkamali tezkor Wrangler taklif qilish mumkin. Sovg‘alarni tashish borasida muammo bo‘lmaydi.Laplandiya: Shelby Cobra
Laplandiyaning qorli yo‘llarida Santaga orqa g‘ildiraklari o‘rniga zanjirli tasma, old g‘ildiraklari o‘rniga chang‘i o‘rnatilgan Shelby Cobra taklif qilindi.Tropik o‘rmon: Audi Quattro S1
Santa uchun yana bitta maxsus mashina – rallining “B” guruhida ishtirok etuvchi Audi Quattro S1.Angliyadagi shaharcha: Jaguar E-Type
Angliyadagi shaharchalardan birida Santa tyuning qilingan Jaguar E-Type’da harakatlanishi mumkin.Oy: BMW i8
Santa oyga borishi kerak bo‘lib qolsa, buning uchun ikki eshikli BMW i8 asosida ishlangan kosmik kema taklif qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)