• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Boxing day. “Chelsi”dan yangi rekord, Mxitaryanning har uchinchi zarbasi gol, Moyes “Old Trafford”ga qaytdi

    Kecha — 26-dekabr kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 18-tur uchrashuvlaridan 8 tasiga yakun yasaldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tur davomida bir qator qiziqarli voqealar va raqamlar kuzatildi. Ular bilan quyida tanishish mumkin.

    “Chelsi”dan yangi rekord

    London “aristokratlar”i 2009-yilning aprel oyidan boshlab, sentabrga qadar bo‘lgan barcha uchrashuvlarda zafar quchib, ketma-ket 11 g‘alabani tantana qilgandi. Bu esa jamoa rekordi hisoblanardi.

    Antonio Konte boshqaruvida “Chelsi” o‘sha rekordni yangiladi. Premyer-Liganing ketma-ket 12 ta turida zafar quchgan “Chelsi”, 2016-yilni peshqadam sifatida yakunlaydigan bo‘ldi.

    Qayd etish kerak, bu borada haqiqiy rekord “Arsenal” klubiga tegishli. “To‘pchilar” 2002-yilning 10-fevralidan boshlab, 24-avgust sanasigacha ketma-ket 14 ta o‘yinda zafar quchishning uddasidan chiqa olgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Birinchi bor sof hujumchisiz o‘ynashga majbur bo‘ldik. Hozir bizda Batshuayi bor, u APLga sekin-asta ko‘nikmoqda. Chempionatda ketma-ket 12 bor zafar quchish bu fantastika, biroq to‘xtab qolish kerak emas.

    Antonio Konte

    Eden Azar

    Belgiyalik futbolchi ham “Chelsi” tarixidan o‘rin oldi. U “aristokratlar” uchun 50 ta gol urgan oltinchi futbolchiga aylanib oldi. Azarga qadar bu dovondan Didye Drogba, Frenk Lempard, Janfranko Zola, Jimmi Floyd Xasselbank va Eydur Gudyonsen kabi futbolchilar o‘ta olgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    APLda to‘p surgan yarim himoyachilar tasnifida olib qaraganda, 50 ta gol urishi eng tez qayd etilgan futbolchi “Arsenal”dan Rober Pires bo‘ladi. Azar bu borada ikkinchiga aylanib oldi.

    Genrix Mxitaryan

    Armanistonlik futbolchining “Yunayted” safidagi debyutlari u qadar yaxshi chiqmagandi. U sekin-asta yangi klubiga ko‘nikib borayotganini so‘nggi natijalaridan bilish qiyin emas.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mxitaryanning so‘nggi vaqtlarda har uch zarbasidan biri gol bilan yakunlanmoqda. Ishonmasangiz, “Tottenhem”, “Zarya”, “Sanderlend” kabi klublarga qarshi o‘yinlar statistikasiga e’tibor bering.

    “Bu hayotimdagi eng yaxshi gol, — deb aytib o‘tdi Mxitaryan “Sanderlend” darvozasini ishg‘ol qilgach. — Zarbadan keyin darhol laynsmenga qaradim, u bayroqchasini ko‘tarmaganidan keyingina golni nishonlashga tushdim”.

    Zlatan Ibrahimovich

    18-turga qadar “qizil iblislar” safida 16 ta o‘yinda ishtirok etgan Zlatan, 11 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. Bu esa Diyego Kosta va Aleksis Sanchesdan keyingi uchinchi ko‘rsatkichdir.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Statistiklar ma’lumotiga ko‘ra, noyabr oyidan buyon Zlatan darvozaga 8 bor zarba bergan. Shularning 7 tasi yakunda gol bilan tugagan. Bu ajoyib ko‘rsatkich.

    Umuman olganda, Zlatan uchun dekabr oyi juda omadli hisoblanadi. Kuchli beshlik milliy chempionatlarida 2004—05-yilgi mavsumdan boshlab hisoblaganda Ibrahimovich dekabr oyining o‘zida 40 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

    Devid Moyes

    Moyes “Old Trafford” eshiklaridan chiqarib yuborilgach, o‘zga jamoa murabbiyi sifatida bu stadionga ilk bor qadam qo‘ydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    ‘Yunayted’ muxlislari meni juda yaxshi qarshi olishdi. Fanatlarning sezilarli qismi o‘zini yaxshi tutdi.

    Devid Moyes

    Qayd etish kerak, afsonaviy Ser Aleks Fergyuson o‘zidan keyin vatandoshi Moyesni murabbiy sifatida qoldirgan, biroq shotlandiyalik mutaxassisga bir mavsumdan keyinoq chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yilgandi.

    To‘yga to‘yona

    “Manchester Siti”ning g‘alabasida Yaya Turening xizmati katta bo‘ldi. Jamoaning eng faxriy futbolchisi “Xall Siti”ga qarshi bellashuvda hisob ochuvchi golga mualliflik qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Kecha o‘g‘limning tug‘ilgan kuni edi. Sovg‘a sifatida u gol urishimni so‘radi. Men buni amalga oshirdim va gol urilgan to‘pni unga sovg‘a qilish uchun oldim.Yaya Ture
    Yayaning goli sabab “Manchester Siti” turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

    “Vest Hem” — 650 million?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jahonga mashhur Red Bull kompaniyasi Londonning “Vest Hem” klubini xarid qilish taklifi bilan chiqqani, biroq rahbariyat bunga qarshi bo‘lgani haqidagi xabar Angliya nashrlarida ko‘rinish berdi.

    Avstriya kompaniyasi “Vest Hem” xo‘jayinlari uchun 650 million funt taklif qilgan. Biroq bu narx klub egalarini qanoatlantirmagan.

    Jeymi Vardi

    Foto: Championat.asia

    Foto: Championat.asia

    “Lester” hujumchisi “Everton”ga qarshi bo‘lib o‘tgan 18-tur uchrashuvida ishtirok eta olmadi. Chunki uni “Stok Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tgan 17-tur o‘yinidan keyin 3 ta bellashuvga chetlatishdi.

    Foto: Championat.asia

    Foto: Championat.asia

    APLning bu qaroriga norozilik sifatida “Lester”ning 30 ming muxlisi Vardi aks etgan niqoblarni taqib, “Everton”ga qarshi o‘yinni tomosha qildi. Hujumchining o‘zi ham o‘zi aks etgan niqobda ko‘rindi, uning xotini ham shunday qildi.

    Foto: Championat.asia

    Foto: Championat.asia
    27.12.2016, 09:38   Izoh (0)   11410
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Managuadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kaltaklandi

    25.12.2016, 16:52

    Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi

    23.12.2016, 01:35

    “Bavariya” yarim himoyachisi reklama devoridagi Santa-Klausga to‘p uzatdi

    22.12.2016, 19:27

    O‘zbekiston iftixori Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyaga jo‘nab ketdi

    18.12.2016, 19:29

    Povetkinning doping ishi bo‘yicha tekshiruvlar 2017-yilda yakuniga yetadi

    18.12.2016, 15:47

    Xitoyda ShHT tashkil etilganining 15 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro marafonda 15 mingdan ortiq kishi qatnashdi

    18.12.2016, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi bog‘chada bolakay e’tiborsizlik sabab 2-qavat zinasidan tushib ketdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 16:28

    Rossiyada o‘zini Iso Masih deb da’vo qilgan erkak 12 yilga qamaldi

    Dunyo | 2 iyul, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 16:15

    Suvaysh kanalida neft kemasi cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 2 iyul, 16:10

    “Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

    Sport | 2 iyul, 15:55

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 15:48

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.