Gollandiyaning KLM aviakompaniyasi original aksiya yordamida Sxipxol aeroportida reyslarini kutib turgan yo‘lovchilarni bir stol atrofida jamladi. Rolik aviatashuvchining YouTube’dagi kanalida namoyish etildi, deb yozadi TJournal.
Bayram stoli pastga tushishi uchun yo‘lovchilar uning atrofidagi barcha stullarni egallashi lozim edi. Stol pastga tushgach, aksiya ishtirokchilari kechki ovqat va dilkash insonlar davrasidagi suhbatdan bahramand bo‘ldi.
“Kishilar gadjetlarga qarashning o‘rniga bir-biri bilan birlashsa, ana shunday vaziyat yuzaga keladi. Ekrandan ko‘zingizni oling va mo‘jiza havoda ekanligini ko‘rasiz. Rojdestvo bilan!” — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)