Jangarilar iroqlik jurnalist ayol Afrah Shavqiyni Bag‘doddagi uyidan olib qochib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, niqob taqqan, harbiy libos kiygan noma’lum shaxslar tungi paytda gazeta muxbirining as-Saydiya tumanidagi uyiga bostirib kirib, to‘pponcha bilan tahdid qilgan holda olib ketgan.
Mamlakat bosh vaziri Haydar al-Abadiy xavfsizlik kuchlariga olib qochib ketilgan jurnalist ayolning hayotini saqlab qolish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish haqida ko‘rsatma berdi.
Aytilishicha, Shavqiy bir muddat ilgari terrorchilik oqibatlari haqida maqola chop etgan edi.