Bir necha mavsumdan buyon konturing (yaqqol makiyaj) nafaqat vizajistlar, balki dunyo bo‘yicha oddiy ayollar orasida ham ommaboplik kasb etib keldi. Ushbu mavsumda konturing o‘z o‘rnini tabiiyroq trend — strobing (nam teri effekti) va layt-konturingga bo‘shatib berdi. Qadrdon yog‘upa (rumyana) ham yana urfga kirdi. Ulardan esa aql bilan foydalanish lozim. Yuz shaklining har bir turi uchun undan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari mavjud.
1. Oval yuz (cho‘ziq)
Yog‘upani aylana bo‘ylab — yuz olmalariga yoki ularning ayni ostiga surish lozim. Agar pardoz vositangiz yaltiroq bo‘lsa yonoqlarning yuqori nuqtasini ajratib ko‘rsatish kerak. Shu tarzda siz o‘zingiz istagan cho‘zinchoq yuz effektiga erishasiz.2. Yumaloq yuz
Pardoz vositasini diagonal bo‘ylab surasiz: og‘iz burchagidan qulog‘ingizga qadar chiziq tortib, shu yuzani bo‘yaysiz. Jilosiz yog‘upa tanlashni tavsiya etamiz. Har qanday yaltiroq vosita yuzni yanada yumaloq qilib ko‘rsatadi.3. Kvadrat yuz
Yog‘upani yonoqlar ostiga suring. Bu orqali siz yuzning yon tomonlariga kengroq ko‘rinish berib, iyak qismidan e’tiborni chalg‘itishga erishishingiz mumkin.Yuzning yon qismiga yog‘upa yordamida to‘g‘ri shakl berishda shuni yodda tutish lozimki, qaymoqrang va och jigarrang yog‘upalar — yuz rangini ochuvchi, qolgan ranglar esa qoraytiruvchi hisoblanadi.
Shuningdek, yonoqlar chizig‘ini yumshatish uchun yog‘upani yonoqlar bo‘ylab, yonoqlarga urg‘u berish uchun esa qoraytiruvchi rangdagi yog‘upani yonoqlar ostiga yarim aylana shaklda surish kerak bo‘ladi.
Agar yonoqlaringiz juda turtib chiqqan bo‘lsa, sovuq va neytral rangdagi yog‘upani yonoqlarga surish lozim. Shundan so‘ng ular avvalgidek keskin turtib chiqqandek ko‘rinmayotganligini darhol sezasiz.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)