Sinay shimolida Misr harbiy-havo kuchlari tomonidan o‘tkazilgan harbiy operatsiya davomida IShID guruhining 15 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Terrorchilar al-Arish shahridan janubda yo‘q qilindi. Shimoliy Sinay viloyati poytaxti bo‘lmish ushbu shahardagi reydlarda AH-64 Apache vertolyotlari ishtirok etdi.
Bundan tashqari, bir qancha ekstremistlar Shayx-Zuvayda yaqinidagi to‘qnashuvlarda o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)