Qora dengiz ustida halokatga uchragan Tu-154 samolyotining ayrim qurbonlari qutqaruv nimchasi taqqan holda topilgan. Bu haqda dastavval “RIA Novosti” agentligi o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.
Ammo birozdan so‘ng Rossiya mudofaa vazirligi vakillari buni inkor qildi.
Ilgariroq vazirlik 11 tana hamda yuzdan ortiq tana parchalari topilganini ma’lum qilgan edi. Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyev qolgan tanalar fyuzelyaj ichida bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
Izoh (0)