Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning kichik o‘g‘li, 12 yoshli Nikolay prezident bo‘lish niyati yo‘qligini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Ko‘plar mendan bu haqda so‘raydi. Men buni mutlaqo xohlamayman, bu og‘ir hayot bo‘ladi, bunga tayyorman deb o‘ylamayman”, — dedi kichik Lukashenko.
U o‘zini ko‘proq tibbiyot xodimi yoki harbiy xizmatchi sifatida ko‘rishini aytib o‘tdi:
“Balki shifokor bo‘lardim. Odamlarga yordam berish yaxshi. Balki harbiy faoliyatni ham tanlagan bo‘lardim. Hali o‘ylab ko‘rishga vaqt bor”.
2007-yilda Lukashenko uchinchi o‘g‘lini o‘ziga merosxo‘r sifatida tayyorlayotganini ochiq aytgan edi.
Izoh (0)