National Geographic ekolog olimlar Antarktidada hojatxonaning o‘rnatilishi va uning ishlashini aks ettirgan videoni taqdim qildi, deb yozadi TJournal.
Dastlab qutbchilar hojatxona uchun maxsus chodir o‘rnatadi. Uni mustahkam o‘rnatish zarur, aks holda bo‘ron uchirib ketishi mumkin.
“Agar bo‘ron vaqtida hojatxonada o‘tirgan bo‘lsangiz, uning uchib ketishini istamagan bo‘lardingiz”, — deydi olim Volfgang Rak.
Hojatxona unitazi isitilmaydi, shuning uchun unda o‘tirish unchalik yoqimli emas. Qutbchilarning chiqitlari tashlab yuborilmaydi, ular Antarktidadan olib chiqib ketiladi yoki yo‘q qilinadi.
Izoh (0)