O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda avvaliga “Sports.uz”, keyinroq esa “Championat.asia” sayti xabar berdi.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi etib tayinlangan Ergash Shoismatov “Bunyodkor” prezidenti sifatida Mirjalol Qosimovni jamoaga qaytarmoqchi, deb ma’lumot bergan “Championat.asia”.
“Sports.uz” esa Mirjalol Qosimovga Baxtiyor Ashurmatov yordam berishini ham qo‘shimcha qilgan. “Oxirgi paytlarda Lushchanning natijalaridan muxlislar umuman qoniqish hosil qilmayapti. Shuning uchun klub mutasaddilari bu jihatni inobatga olib, ‘qaldirg‘ochlar yuragi’ Mirjalol Qosimov jamoaga qaytishi kutilmoqda”, — deb yozilgan saytdagi xabarda.
Bir hafta muqaddam ham “Bunyodkor” klubida prezident almashgan bo‘lib, shundan keyin jamoa bosh direktori Baxtiyor Boboyev Mirjalol Qosimov sha’niga iliq fikrlar bildirgandi.
Izoh (0)