Avstraliya hukumatining Atrof-muhit va energetika departamenti (Department of the Environment and Energy) xodimlari Antarktika faunasi muzosti dunyosini tasvirga oldi, deb yozadi TJournal.
Og‘ir shart-sharoitlar — 0 darajali suv harorati va yorug‘likning umuman mavjud emasligiga qaramasdan, ushbu o‘simliklar o‘zining turli-tuman rangi va shakli bilan farqlanib turadi.
Video mualliflaridan biri doktor Glenn Jonstonning so‘zlariga qaraganda, rolik Antarktikaning sharqiy sohilida, Keysi tadqiqot stansiyasidan besh kilometr masofada tasvirga olingan. Tajribadan 2100-yilga kelib butun dunyo bo‘yicha yuz berishi mumkin bo‘lgan iqlim o‘zgarishining ta’sirini o‘rganish maqsadi ko‘zlangan.
Jonstonning aniqlik kiritishicha, oxirgi paytlarda Antarktika suvlarida vodorod ko‘rsatkichi (pH) sezilarli darajada kamayib ketgan. Chunki sovuq suv uglerod dioksidini tezroq yutadi. Olimning fikricha, bu kabi o‘zgarishlar yaqin vaqt ichida boshqa okean hududlarida ham yuz bera boshlashi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)