“Tunash joyi” xayriya tashkiloti Qorbobo kiyimini kiyib olgan uysiz peterburgliklar haqida videoni namoyish etdi, deb yozadi TJournal.
Rolik syujetiga ko‘ra, ular hamshaharlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi, shundan so‘ng o‘zlarining vaqtinchalik turargohi — isitish punktiga qaytadi.
Rolik yaratuvchilarining so‘zlariga qaraganda, syomka davomida shaharliklar quchoqlashish yoki “besh tashlash” uchun Qorbobolarga yaqinlashganda uysizlarning qiyofasi butunlay o‘zgargan. Chunki ular, odamlarning ular mavjud emasdek qilib ko‘rsatishiga ko‘nikib qolgan.
Peterburgning mazkur xayriya tashkiloti uysizlarga yordam berish bilan shug‘ullanadi. Ularning ma’lumotlariga qaraganda, shimoliy poytaxtda hozirda 60 mingdan 70 minggacha uysiz odam bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)