Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida insayderlar Xiaomi kompaniyasining yangi smartfoniga oid ma’lumotlarni chop etdi. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Insayderlarning ta’kidlashicha, yangi Mi S smartfoni bozordagi eng kuchli chipsetlardan biriga ega bo‘ladi.
Yangi uskuna Xiaomi smartfonlari orasida eng ixchami bo‘ladi. Uning dizayni Xiaomi Mi 5S’ning kichraytirilgan nusxasini eslatadi. Korpusi plastikdan tayyorlanishi taxmin qilinmoqda.
Uskunaning texnik tavsifi
Ekran: 4,6 dyuym, 1080pChipset: Snapdragon 821
Operativ xotira: 4 Gb
Doimiy xotira: 128 Gb, UFS 2.0
Asosiy kamera: Sony IMX378, 12 Mp, f/2.0, fazali avtofokus, ko‘rish burchagi 80 daraja, svetodiodli vspishka, sekundiga 30 kadr chastotali 4K-video olish imkoniyati, sekundiga 120 kadr tezlikdagi Full HD video
Frontal kamera: 4 Mp
Barmoq izlari skaneri: bor
Akkumulyator: 2600 mA/soat, Quick Charge 3.0 tez quvvatlantirish texnologiyasi
Kommunikatsiyalar: 4G+, 4G, 3G i 2G, NFC, ikki diapazonli Wi-Fi, WiDi, WiFi Direct, USB Type-C, 3,5 millimetr
O‘lchamlari: 8,2x128,3x64,2 millimetr
Izoh (0)