Aleppo sharqidan tinch aholi va jangarilarni evakuatsiya qilishning oxirgi bosqichi bir muddatga qoldiriladi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Evakuatsiyaning cho‘zilishi tushuntirilmayapti, ammo ilgariroq bu parallel ravishda Idlib viloyatida olib borilayotgan evakuatsiyadagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Idlibdan hamda Aleppodan odamlarni evakuatsiya qilish uchun yuborilgan avtobuslarga o‘t qo‘yilgan edi.
Izoh (0)