“Olmaliq” futbol klubi 9 yillik faoliyatidan keyin Igor Shkviringa chiqish eshiklarini ko‘rsatib, uning o‘rniga Viktor Kumikovni bosh murabbiy etib tayinlagani ma’lum qilingandi.
“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, jamoa rahbariyati Shkvirinni hafa qilgan. Avvaliga mutaxassisning klub tomonidan berilgan telefoni o‘chirib qo‘yilgan. Keyinroq esa murabbiyga 300 ming so‘m qarzi qolib ketgani aytilgan.
Nashrga ma’lum qilishlaricha, “Olmaliq”ning ishdan ketkazilgan murabbiylardan qarzi bor.
O‘zbekiston Oliy Ligasi klublaridan 2 tasi yangi yil oldidan yangi bosh murabbiy bilan shartnoma tuzib ulgurdi. “Olmaliq” Viktor Kumikovni olib kelgan bo‘lsa, “Obod” Rauf Inileyevga javobgarlikni yukladi.
Izoh (0)