Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Viktor Kumikov “Olmaliq” futbol klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bu haqda “Championat.asia” nashri “Futbol Ekspress” gazetasiga asoslanib xabar berdi.

Foto: Vesti.kz

Foto: Vesti.kz

10-dekabr kuni “Olmaliq” klubida yig‘ilish bo‘lib, Kumikov yangi murabbiy sifatida tanishtirilgan. Bunga qadar jamoani 9 yil davomida boshqarib kelgan Igor Shkvirin va uning murabbiylar shtabi esa vazifasidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Igor Shkvirin “Olmaliq” futbol klubini Oliy Ligaga qadam qo‘ygan 2008-yilidan buyon boshqarib kelayotgandi.

1963-yilda tug‘ilgan Viktor Kumikov Rossiya va Qozog‘iston klublarida ham faoliyat olib borgan. Rossiyaning “Avtozapchast”, “Spartak-Nalchik” klublarini boshqargan. Shundan keyin Qozog‘istonga yo‘l olib, “Yesil”, “Yelimay”, “Qaysar”, “Shaxtyor”, “Ordabasi” klublarida ishlagan.

Igor Shkvirindan farqli ravishda Viktor Kumikov hech bir klubda 3 yildan ortiq ishlamagan.

Viktor Kumikov 2006-yil Muborakning “Mash’al” klubi bilan O‘zbekiston Kubogining finaliga qadar yetib kelgan. 2009 va 2010-yil “Nasaf” bilan chempionatning bronza medallariga ega chiqqan.

2011 va 2012-yilgi mavsumda Kumikov boshchilik qilgan Qarag‘andaning “Shaxtyor” klubi ketma-ket ikki bor Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritgan. 2013-yil Qozog‘iston Kubogi va Superkubogida g‘olib chiqqan.

Kumikov, shuningdek, 2011, 2012 va 2013-yil Qozog‘istonning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda