Germaniyaning Visbaden shahrida (Gessen federal yeri) otishma ro‘y berdi. Noma’lum shaxs bir kishini o‘ldirdi, ikki kishini yaraladi, so‘ng politsiyadan qochib ketdi, deb xabar beradi TJournal.
Jinoyatchini qidirishga vertolyot va qo‘shimcha politsiya otryadlari jalb qilindi.
Dastlabki ma’lumotga qaraganda, jinoyatchi ko‘chadagi kioskda talonchilik uyushtirishga uringan, ammo qandaydir sabab bilan o‘t ochgan. Yaralar oqibatida do‘konning 59 yoshli egasi halok bo‘ldi, ayolning eri va jiyani shifoxonaga yetkazildi.
Izoh (0)