Turkiya Rossiya elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishini taftish qilib, jinoyatchilarni jazolash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Anqaradagi Rossiya elchixonasi joylashgan ko‘cha Karlov xotirasiga nomlanadi.
Shuningdek, Chovusho‘g‘li ikki davlat terrorchilar o‘z maqsadlariga erishishiga yo‘l qo‘ymasligi lozimligini qayd qilib o‘tdi.
“Turkiya Suriya masalasida Rossiya bilan muloqotni davom ettirish niyatida”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)