Meksika janubi-sharqidagi Tabasko shtatida AK-47 avtomatlari bilan qurollangan jinoyatchilar guruhi to‘y marosi ishtirokchilarini o‘qqa tutdi, deb yozadi “TASS”.
Vilyaermos shahridagi hujumda to‘rt kishi qurbon bo‘ldi — uch kishi voqea joyida o‘ldirildi, yana bir kishi o‘g‘irlab ketildi va keyinroq o‘lik holda topildi.
Hujum qilgan shaxslar hodisa joyidan bir nechta avtomobilda qochib qoldi. Ularni issiq izida qo‘lga olib bo‘lmadi, hukumat jinoyatchilarni qidirish operatsiyasini boshladi. Ularning necha kishi bo‘lgani va qanday maqsadni ko‘zlagani noma’lum.
Izoh (0)