Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida, Ramalloh shahri shimoli-g‘arbidagi Bayt-Rima manzilida isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvda falastinlik yigit halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
WAFA agentligiga ko‘ra, 18-dekabr, yakshanba kuni ro‘y bergan to‘qnashuv davomida 19 yoshli Ahmad Hazam Atta ko‘kragidan o‘q yegan va kasalxonaga yetkazilayotganida olamdan o‘tgan.
Reuters agentligining ta’kidlashicha, yahudiy davlati vakillari 50 nafar falastinlikdan iborat guruh isroillik harbiylarga tosh uloqtirganini bildirgan.
Izoh (0)