Germaniya parlamenti — Bundestag hujjatlari oshkor etilishiga uning a’zolaridan biri aloqador bo‘lishi mumkin. Aynan u nemis razvedkasining AQSh Milliy xavfsizlik agentligi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi hujjatlarni WikiLeaks’ga bergani ehtimoldan xoli emas. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Der Spiegel nashriga ko‘ra, chop etilgan ma’lumotlar xakerlik hujumlari natijasida qo‘lga kiritilgani, bu hujumlarga ruslar aloqadorligini isbotlaydigan hech qanday dalillar yo‘q. Asosiy taxmin — WikiLeaks’ning Bundestagda ikki razvedka o‘rtasidagi hamkorlik tekshirilishiga bevosita aloqador agenti bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, WikiLeaks 1-dekabrda Bundestag faoliyatiga oid 2,5 mingga yaqin hujjatni e’lon qildi.
Izoh (0)