19-dekabr kuni Aleppo sharqidan jami 4,5 ming tinch aholi vakili evakuatsiya qilindi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Bugun olib chiqilgan 4,5 ming kishini inobatga olsak, shaharning muxolifat nazorati ostidagi hududlaridan 12 ming tinch aholi vakili evakuatsiya qilindi”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Evakuatsiya bo‘yicha evakuatsiya 15-dekabr kuni to‘xtatilgan edi, ammo keyinroq tomonlar kelishuvga erishdi. Operatsiya 19-dekabr kuni ertalab qaytadan boshlandi.
Izoh (0)