Rossiyaning Irkutsk viloyatida ommaviy zaharlanish jabrlanganlar iste’mol qilgan texnik suyuqlikda metanol bo‘lgani tufayli yuz berdi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Irkutsk prokuraturasi zaharlanish tufayli 17 kishining o‘lganini tasdiqladi. Huquq-tartibot idorasiga ko‘ra, qurbonlarning barchasi “Boyarishnik” parfyumeriya damlamasini iste’mol qilgan.
Hozirda viloyat kasalxonalarida yana 16 kishi qolmoqda. Ularning barchasi o‘ta og‘ir holatda bo‘lib, ayrimlari komaga tushgan. Halok bo‘lgan va kasalxonalarga yotqizilganlar orasida yoshi 35 dan 50 gacha bo‘lgan erkaklar va ayollar bor.
Hodisa yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)