Sevara Nazarxon chet davlatlarda ijod qilgani hech kimga sir emas. Bu safar xonanda nihoyat o‘zbek muxlislari uchun syurpriz tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Shok.uz”.
Nashrning ma’lum qilishicha, xonanda bir oydan so‘ng o‘zining yangi albomini taqdim etmoqchi. Albomning taqdimot marosimi Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Balki Sevara 2017-yilda “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturi bilan muxlislarini ham xursand qilar, deydi nashr.
Izoh (0)