16 yoshli qo‘shiqchi Jeki Ivanko AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimida mamlakat madhiyasini ijro etadi. Bu haqda u NBC telekanalining Today Show ko‘rsatuvi efirida ma’lum qildi.
“Juda mamnunman. Bu qoyilmaqom ish bo‘ladi”, — deya xursandligini izhor etdi Ivanko. Oldinroq xonanda AQSh prezidenti Barak Obama uchun mo‘ljallangan tadbirlarda ikki bor kuylagan, shuningdek, Tramp qatnashgan xayriya marosimida chiqish qilgandi.
Ivanko “Amerika iste’dodlarni izlaydi” (America’s Got Talent) shousidagi ishtirokidan so‘ng tanildi. U mazkur tanlovda ikkinchi o‘rinni egallagan. Hozirgacha xonanda 6 ta musiqali albomni yozishga ulgurdi, ulardan birinchisi 9 yoshligida chiqarilgan.
Jeki Ivanko AQShda albomi “Platinali” maqomini olgan eng yosh yakka ijrochi sanaladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)